Asosiy qismga o‘tish
GoUzbekistan GoUzbekistan

Al-Xorazmiy

Mehmonxona Urganch Markazgacha 2.4 km

Narx so‘rov bo‘yicha Ilovada bron qilish

Obyekt haqida

Al-Xorazmiy — Urganch shahridagi mehmonxona. Shahar markazigacha — 2.4 km.

“AL-XORAZMIY” MEHMONXONASI — Urganch shahrida qulaylik, samimiy mehmondo‘stlik va sifatli xizmatni birlashtirgan zamonaviy mehmonxona. Mehmonxonamiz ishbilarmon sayohatchilar, oilalar, yakka sayohatchilar hamda Xorazm viloyatiga tashrif buyuruvchi mehmonlar uchun qulay yashash sharoitlarini taklif etadi. Mehmonxonamizda jami 21 ta xona mavjud bo‘lib, mehmonlarimiz uchun bir kishilik, ikki kishilik, uch kishilik va yuqori qulaylikka ega xonalar taqdim etiladi. Barcha qavatlarda bepul Wi-Fi, 24 soat faoliyat yurituvchi resepshn hamda mehmonlar uchun restoran mavjud. Har kuni nonushta taqdim etiladi, erta jo‘nab ketuvchi mehmonlar uchun oldindan kelishilgan holda erta nonushta yoki olib ketish uchun nonushta tashkil etilishi mumkin. Mehmonlarimiz uchun Urganch xalqaro aeroportiga transfer xizmati, avtoturargoh, shuningdek, Xiva shahri va Xorazmning tarixiy maskanlariga sayohatlarni tashkil etishda yordam ko‘rsatamiz. Yo‘lboshchi va haydovchi xizmatlari ham mavjud. Mehmonxonamiz Urganch xalqaro aeroportidan avtomobilda taxminan 4 daqiqalik masofada joylashgan. Xiva shahriga esa avtomobilda taxminan 50 daqiqada yetib borish mumkin. Bizning maqsadimiz — har bir mehmon uchun qulay, osoyishta va unutilmas yashash muhitini yaratish. Sizni “AL-XORAZMIY” mehmonxonasida samimiy kutib olishdan mamnun bo‘lamiz!

Narx so‘rov bo‘yicha Bron qilish